Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:





Qo‘qon shahrida yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalaridan ongli va xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida yoshlar bilan seminar-muloqot o‘tkazildi. Mazkur seminar Qo‘qon shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirda shahar hokimligi mutasaddilari hamda Qo‘qon universiteti lektorlari ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma’ruzalar qildilar. Seminar davomida yoshlarga raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, internet muhitida axborot xavfsizligini ta’minlash, yolg‘on va tahdidli axborotlarni farqlash, shuningdek, turli axborot hxurujlariva manipulyativ ta’sirlarga qarshi ongli yondashuvni shakllantirish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ma’ruzalarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan soxta xabarlar, buzg‘unchi g‘oyalar va yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kontentlarni tanib olish, ularga qarshi huquqiy va ma’naviy immunitetni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muloqot interaktiv tarzda o‘tkazilib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda mutaxassislardan atroflicha javob oldilar. Tadbir yakunida yoshlarning raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan bunday seminar va muloqotlarni tizimli ravishda davom ettirish, ularni axborot asrash hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!





Sichqoncha bilan belgilab