Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:







Qo‘qon shahar hokimi va Shanxay Foreign Trade and Economic Construction Group kompaniyasi mutasaddilari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon O‘rdasi va Jome majmuasi atrofida turizmga yo‘naltirilgan yagona xizmat ko‘rsatish kompleksini tashkil etish, tarixiy obidalarni zamonaviy yechimlar asosida, mazmun-mohiyati va qadimiyligini saqlab qolgan holda rekonstruksiya qilish, mehmonxona, xizmat ko‘rsatish obyektlarini o‘z ichiga olgan majmualar vujudga keltirish masalalari muhokama etildi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi Zarqaynar ko‘chasidagi kabi qurilishda mahalliy xom-ashyodan foydalanishni nazarda tutgan holda, O‘rda maydoni va Eski shahar hududlarining turizmga ixtisoslashgan kompleks loyihasini ishlab chiqish, Jome majmuasi va O‘rda maydonini turizm jozibadorligini oshirishga qaratilgan takliflar tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi. Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari, Investitsiyalar sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Oybekjon Mingbayev loyiha bo‘yicha mas’ul etib belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!





Sichqoncha bilan belgilab