Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:









Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, prokuratura, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Qo‘riqlash departamenti mutasaddilari ishtirokida mahalla aholisi bilan muloqotda bo‘lib, mavjud muammo-masalalarni hal etish choralarini ko‘rdi. Muloqot chog‘ida fuqarolarning ijtimoiy muammolari, mahallada qulay va xavfsiz muhit yaratish, aholi salomatligi, fuqarolar bandligi bilan bog‘liq masalalar mutasaddilar ishtirokida o‘rganilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Patronaj xizmati shifokorlari aholi shikoyatlarini o‘rganib, sog‘lom ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi hamda surunkali kasalliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar. Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar mulkining daxlsizligini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot materiallari tarqatilib tushuntirish ishlari olib borildi. Muloqot so‘nggida aholidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, kommunal muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!





Sichqoncha bilan belgilab