Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Qo‘qon shahar hokimi 36-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida qishki mavsumga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar sifati samaradorligi, isitish tizimlari va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi. Xususan, o‘rganishlar natijasiga ko‘ra tabiiy gazda ishlaydigan isitish qozonlarini ko‘mirda ishlaydiganlarga almashtirish va bu ishlarni davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etish, ko‘mir saqlaydigan ombor qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Qo‘qon shahar hokimi maktab oshxonasini ham ko‘zdan kechirib mas’ullarga yoshlarga eng sifatli va yoshiga munosib ovqatlarni taklif etish, bu ishlarni autsorsing asosida tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Ayni paytda maktabda rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, yuqori koeffitsiyentli bo‘lgan maktab ehtiyojidan kelib chiqib 485 o‘rinli yangi o‘quv binosi barpo etildi. Marufjon Usmonov maktab rahbariyati bilan muloqotda bo‘lib, mavjud muammo-masalalarni o‘rgandi. Xususan, mas’ul rahbarlarga maktabga qo‘shimcha ichimlik suvi fontanchalari, yuqori kuchlanishli elektr quvvati transformatorini o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Qo‘qon shahar hokimi maktabni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yoshlarga sport bilan shug‘ullanish uchun sharoit yaratish masalalariga ham e’tibor qaratib, bu yerda yangi sport maydonchasini barpo etish, "Yashil makon" aksiyasi doirasida manzarali va mevali daraxtlar ekish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Qish mavsumida maktablarimizda muammolar bo‘lmaydi!
Qo‘qon tug‘uruqxonasining qishki mavsumga tayyorgarligi ko‘rikdan o‘tkazildi
Sichqoncha bilan belgilab