Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Rus va ingliz tillarini chuqurlashtirilgan tartibda o‘qitishga ixtisoslashgan "Zinnur Kids" davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi. Qo‘qon shahar hokimi bolalar bog‘chasida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, ayni paytda 50 nafar bolajonlarni qabul qilgan ta’lim muassasasi qamrovini yanada oshirish, ta’lim jarayonini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. "Oydinbuloq" mahallasida faoliyat boshlagan bolalar bog‘chasi bilan qo‘shib hisoblaganda shahrimizda nodavlat ta’lim tashkilotlarining soni 236 ga yetdi. Joriy yilda Qo‘qon shahrida maktabgacha ta’lim qamrovini 88.4 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Ishlab chiqarish hajmini oshiramiz!
Bolajonlar biz sizlarni kutamiz!
Qo‘qon shahar hokimi Prezident Xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qildi
Qo‘qon shahar hokimi yoshlar bilan muloqot qildi
Sichqoncha bilan belgilab