Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Qo‘qon shahrida Prezidentimiz tashabbuslari ijrosi doirasida Ilk rivojlanish markazi foydalanishga topshirildi Ayni paytda shahrimizda 150 dan ziyod 2 yoshdan, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar alohida e’tiborga muhtoj yoshlar toifasiga kiritilgan bo‘lib, ushbu markaz birinchi navbatda shunday farzandlari bo‘lgan oilalarga xizmat qiladi. Ushbu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan, ehtiyojmand va alohida e’tiborga muhtoj bolalar ta’limini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar e’tirof etildi. Yangi markazda xonalar bolalarning yosh xususiyatlariga mos rivojlantiruvchi muhit asosida jihozlangan bo‘lib, ustozlar “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim beradi. Lekin bu shunchaki birinchi qadam, chunki rejada ushbu markazda rivojlanishda nuqsoni bor bolalar ham ta’lim oladi ham davolanadi. “Maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” modeli – esa pedagoglar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan oilalarning xonadoniga borgan holda ta’lim-tarbiya beradi. Mana sizga kelajak avlod haqida g‘amxo‘rlik, Yangi O‘zbekiston ta’limi va yangicha mezon asosidagi, insonparvar siyosat. Ulug‘bek Norboyev, Munisaxon Qambaraliyeva "Inson qadri uchun, inson baxti uchun" Qo‘qon shahar hokimligi axborot xizmati uchun.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Qo‘qon shahar hokimi yoshlar bilan muloqot qildi
Barcha muammolarimizni mahallaning o‘zida hal etamiz!
Sichqoncha bilan belgilab