Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Qo‘qon shahar hokimi Mexanika zavodi faoliyati bilan tanishib, mavjud muammo-masalalarni o‘rgandi. Ayni paytda ushbu zavod "O‘ztransgaz" korxonasi uchun xo‘jaliklarda foydalaniladigan tabiiy gaz ballonlari, texnologik uskunalarga ehtiyot qismlari va boshqa nostandart uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Xususan joriy yilda 40 mingdan ziyod tabiiy gaz ballonlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Korxonada 248 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan. Marufjon Usmonov korxona rahbariyati va ishchi, xizmatchilar bilan muloqotda bo‘lib, korxonani rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar, ishchilar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari bilan qiziqdi. Mas’ullarga ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini kengaytirish, korxonasining eksport salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Bolajonlar biz sizlarni kutamiz!
Qo‘qon shahar hokimi Prezident Xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qildi
Qo‘qon shahar hokimi yoshlar bilan muloqot qildi
Sichqoncha bilan belgilab