Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

322025-07-08 15:12

Hush kelibsiz Qo‘qonga! Amiriy kutubxonasida Bahodir Zokirov bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

Shahrimizdagi musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari va tarbiyalanuvchilari, ijod ahli va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Botir Zokirovning o‘zbek musiqa va estrada qo‘shiqchiligi san’atiga qo‘shga ulkan hissasi e’tirof etildi. Uchrashuvga Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham tashrif buyurib, mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yoshlarning turli sohalardagi iqtidorlarini namoyon etish borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar, Qo‘qon shahrining o‘ziga xos ijodiy muhiti xususida fikr yuritdi. Muloqot chog‘ida shahrimizda Botir Zokirov ijodini musiqa va san’at maktablarida keng o‘rganish va targ‘ib etishga kelishib olindi. Marufjon Usmonov Bahodir Zokirovga shahrimizda musiqa san’atini keng targ‘ib etishga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorchilik izhor etib, Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi. Uchrashuvda 5-musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi Nigoraxon Hayitova ham "Iste’dod" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ijodiy uchrashuvga kelgan tomoshabinlarga Botir Zokirov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film ham namoyish etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz