Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

672025-07-08 11:09

Fuqarolar murojaati asosida hokimlik ko‘magida yana bir mahallaga yangi transformator o‘rnatildi

Xabar berib borilayotganidek, O‘zbekiston tumanida aholi vakillari tomonidan tuman hokimligiga bildirilgan turli masalalardagi murojaatlar, tuman hokimining joylardagi fuqarolar bilan uchrashuv va sayyor qabullarda ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etishga atroflicha e’tibor qaratilmoqda. Ko‘p sonli aholi vakillarining ana shunday murojaatlaridan yana birini ijobiy qanoatlantirish va hududda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘iniga 160 kVA quvvatli yangi transformator punkti o‘rnatildi. Ushbu tadbir natijasida mahalladagi avvaldan mavjud yana bir 160 kVA quvvatdagi transformator yukini yengillatishga erishilib, 120 dan ziyod aholi xonadonlariga elektr energiyasi yetkazib berish sifati yaxshilanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz