Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston tumani Oxunqaynar mahallasi hududidagi ma’lum ichki yo‘lga o‘zboshimchalik bilan yo‘l to‘sig‘i o‘rnatib olinganligi haqida xabar tarqaldi. Mazkur xabar va unda bayon etilgan holat mutasaddi hamda tegishli idoralar mas’ullari ishtirokida o‘rganildi. O‘rganishlarda shular aniqlandiki, haqiqatdan ham ayni maskan shu hududda istiqomat qiluvchi ayrim aholi xonadonlari vakillari tomonidan vaqtinchaga berkitib qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Mahalla ahli bunday yo‘l tutishlarini ayni maskandagi cho‘milish belgilanmagan KFK-So‘x kanalining Katta Farg‘onaga kanaliga quyilish qismida atrof hududlardan fuqarolar kelib cho‘milishlari, bu jarayonlar esa qator sabablari bilan o‘zlariga o‘ta noqulayliklar tug‘dirayotgani bilan izohlashdi. Shunday bo‘lsada, mutasaddilar tomonidan aholi vakillariga yo‘lni bu yo‘sinda to‘sib qo‘yish harakat qatnoviga yoki favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda uni tezkorlik bilan bartaraf etishga to‘sqinlik qilishi haqida tushuntirishlar berilib, berkitilgan yo‘l ochildi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mazkur holatni yuzaga kelishiga asosiy sabab sifatida ko‘rsatilgan, belgilanmagan va cho‘milish ruxsat etilmagan KFK-So‘x kanalining Katta Farg‘onaga kanaliga quyilish qismida tegishlicha muhofaza hamda baxtsiz hodisalarni oldini olish choralarini ko‘rish yuzasidan ham Farg‘ona magistral kanallar boshqarmasiga xabar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!