Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Joriy yilning iyun-iyul oylarida 42 ta jamoa o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda "Shikorbegi" va "Sharq" jamoalari final bosqichiga chiqqan edilar. "Sadaf Sut SMONS korxonasi, Qo‘qon shahar hokimligi va Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida tashkil etilgan musobaqalarning final bellashuvi Qo‘qon shahridagi Markaziy stadionda, yuzlab tomoshabinlar ishtirokida o‘tkazildi. Uchrashuvning e’tiborli jihati-bellashuvni taniqli futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov jonli ravishda sharhlab bordi. Tanaffusda esa el suygan san’atkorlar ishtirokida konsert namoyish etilib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat baxshida etdilar. Final o‘yinida 3-2 hisobida "Sharq" jamoasi raqibidan ustun kelib, musobaqalarning mutlaq g‘olibiga aylandi. Yuqori natijalarga erishgan "Sharq", "Shikorbegi" va "Ashirqulmergan" jamoalariga musobaqa kubogi, medallar, pul mukofotlari va boshqa esdalik sovg‘alari topshirildi. Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib etishga qaratilgan tashabbuslari doirasida o‘tkazilgan musobaqalarda 400 dan ziyod ishtirokchilar qatnashdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Farg'ona viloyati ikkinchi liga 8-turidan so‘ng musobaqa jadvali ko‘rinishi
O‘zbekiston tumanida 101,8 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi