Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

972025-04-29 21:02

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi Quvasoy shahar hokimligi binosida Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining 7-chaqiriq 7-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. ✅Mazkur sessiyada Kengash deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda kun tartibiga daxldor mutasaddilar ishtirok etdilar. 🗣Sessiyada kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi... (https://t.me/Quvasoy_kengash/5657) 🟢Sessiya davomida Kengash deputatlari M.Mexmonov, A.Kosimov, D.Ermatov, Sh.Sotvoldiyeva va A.Sultonovlar tomonidan qator masalalar yuzasidan savollar berildi hamda takliflar bildirildi. 🔵Sessiya kun tartibining 6-bandi yuzasidan Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Tojimamatovning hisoboti navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilanib, doimiy komissiyada qayta ko‘rib chiqish lozimligi sababli tasdiqlanmadi. 🔵Kun tartibidagi qolgan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborot va hisobotlari eshitildi. Masalalar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda tasdiqlandi. Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz