Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Aholining barcha qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, yechimini kutayotgan dolzarb muammolarni joyida aniqlash, o‘rganish hamda bartaraf etish maqsadida hududlarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Bugun, Rishton tumanidagi “Xalqaro kulolchilik markazi”da jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov, viloyat hokimligining barcha bo‘lim va boshqarmalari, davlat va tijorat banklari mutasaddi rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Bugungi qabulda viloyatimizning turli shahar va tumanlaridan kelgan jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etib, ular tomonidan bildirilgan turli yo‘nalishdagi masalalar har tomonlama ko‘rib chiqildi va ayrim murojaatlarga tegishliligi bo‘yicha qonuniy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilib, huquqiy maslahatlar berildi. Jumladan, fuqarolar tomonidan uy-joy olish, ishga joylashish, aliment to‘lovini undirish, toza ichimlik suvi, eshitish moslamasini olish, sog‘ligini tiklash, kredit muddatini uzaytirish, moddiy yordam olish, elektr energiyasidagi nosozliklarni bartaraf etish, yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash, imtiyozli kredit, davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurish, egalikni tiklash kabi masalalar, bundan tashqari boshqa sohalarga doir taklif va mulohazalar bildirildi. Sayyor qabul davomida aholi vakillari tomonidan bildirgan masalalarga aniq va tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli idora rahbarlariga topshiriqlar berildi. Viloyat rahbarlarining xalq bilan ochiq muloqoti so‘ngida har bir murojaat tahlil qilinib, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!