Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Farg‘ona viloyati delegatsiyasi a‘zolari ishtirok etishdi. Tadbirda bobokalonimizning ibratli hayoti, serqirra faoliyati, ilm-fan rivoji yo‘lidagi olamshumul ishlari bugun ham jahon ahlini hayratga solib kelayotgani yana bir bor ta‘kidlandi. Hurmat va ehtirom uchun turkiyalik qardosh xalq vakillariga minnatdorchilik bildirildi. Buyuk astronom, matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy 797-865 yillarda yashab ijod qilgan. U Farg‘onada tavallud topgan. Yevropada Al-Fraganus nomi bilan shuhrat qozongan. Olim astronomiya, matematika va geografiya fanlari bilan mukammal shug‘ullangan. Qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirgan. U Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qilgan hamda 832-833 yillarda Suriya shimolidagi Sinjor dashtida Tadmur va ar-Raqqa oralig‘ida yer meridiani bir darajasining uzunligini aniqlashda qatnashgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!