Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:





Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Standard & Poor's xalqaro reyting agentligi (S&P Global Ratings) vakillari bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida mehmonlarga viloyatning iqtisodiy-investision salohiyati haqida ma‘lumot berildi. Xususan, turli sohalarda qayd etilayotgan natijalar, jadal tashqi savdo dinamikasi, viloyatga jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi yildan yilga oshayotgani, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti, yaratilayotgan qulay investision muhit natijasida Farg‘ona viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ortib borayotgani va boshqa qator yo‘nalishlardagi ijobiy yutuqlar qayd etildi. B+ reyting ko‘rsatkichi dunyoda iqtisodiy holati barqaror va moliyaviy jihatdan qarzdorligi bo‘lmagan hamda sog‘lom investision muhitga ega bo‘lgan hududlarga berilib, o‘sha hududning xalqaro doiradagi holati ijobiy pog‘onada ekanligini bildiradi. Ma‘lumot uchun, S&P Global Rating xalqaro reyting agentligi tomonidan 2023 yilda Bahrayn, Bosniya va Gersogovina va Iordaniya kabi mamlakatlar kredit reytinglari ham aynan B+ darajasida baholangan. Standard & Poor's xalqaro reyting agentligi (S&P Global Ratings) 2022-2023 yillarda Farg‘ona viloyatining xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli kredit reytingini B+ darajasida “Barqaror” deb baholagan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!


Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan Xalqaro pedagogik simpozium yuksak baholandi

Qo‘qon shahar hokimi turkiyalik sarmoyadorlar bilan muzokaralar olib bordi

Qo‘qon shahrida yashil maskanlar barpo etilmoqda


Qo‘qon shahrida Konstitutsiya kuni yuqori saviyada nishonlandi

Sichqoncha bilan belgilab