Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

4142025-04-19 14:10

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi Viloyat delegasiyasi amaliy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasining Shanьdun provinsiyasida bo‘lib, qator yirik sanoat ob‘ektlari, texnoparklar va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va investisiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi. Shanьdun provinsiyasining Dechjou shahrida 45 gektarlik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishildi. Hududda 3 mlrd dollarlik 70 dan ortiq loyiha amalga oshirilganligi ma‘lum qilindi. Tashrif doirasida Qo‘qon shahri va Dechjou shahri o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, shamol generatorlari ishlab chiqaruvchi “Shandong Longyuan Chengong Dianchang” kompaniyasi faoliyati o‘rganildi. Jinan shahridagi texnoparklar faoliyati haqida tashrif davomida delegasiya vakillariga ma‘lumot berildi. Jichjao shahrida “Shandong Hengyuan Decoration Technology Co., Ltd” va “Runfeng Construction Group Co., Ltd” kompaniyalari rahbarlari bilan o‘tgan uchrashuvlarda sanoat, elektrotexnika, mehmonxonalar qurilishi va qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. “Shandong Shui Beng” kompaniyasi bilan suv nasoslari ishlab chiqarishni Farg‘onada tashkil etish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Tashrif davomida Farg‘onada Farg‘ona-Shanьdun sanoat zonasini tashkil etish taklifi ilgari surildi. Shuningdek, suv nasoslari, tibbiy uskunalar, traktorlar ishlab chiqarish va zamonaviy texnopark qurish bo‘yicha fikr almashildi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov, Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, Qo‘qon shahar hokimligi mas‘ullari ishtirokida o‘tgan o‘rganish va muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish yuzasidan har bir taklif bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz