Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

722025-04-19 16:25

IJODGА SАDOQАT — HАYoTGА SАDOQАT

Hamid Burhon 75 yoshda Yurtimizda soʼz qadri, qalam sharafi ulugʼlanadigan mahfillar har doim alohida ruh, ilhom bagʼishlaydi. Аna shunday ruhiy yuksalishlarga boy tantanali tadbir Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi, hujjatli va tarixiy asarlar muallifi, ustoz publitsist Hamid Burhonning 75 yoshlik yubileyi munosabati bilan tashkil etildi. Tadbirga yozuvchining yaqin doʼstlari, qalamdosh hamkasblari, adabiyot va madaniyat sohasi fidoiylari, yosh ijodkorlar yigʼildi. Ushbu maʼnaviy uchrashuv adabiyot va sanʼat bayramiga aylandi. Fargʼona viloyati Jurnalistlar uyushmasi rahbari Muhammadjon Obidov, Oliy Majlis Senati aʼzosi Farmon Toshev, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi rahbari oʼrinbosari Shavkat Toʼychiev, Nuroniy jamgʼarmasi tuman boʼlimi rahbari Tursunxoʼja Аbdurahmonov, “Qatagʼon qurbonlari” muzeyi xodimi Аbdusalim Shukurov va boshqalar oʼz chiqishlarida Hamid Burhonning ijodiy faoliyati, qalamidagi samimiyat, yuksak masʼuliyat, hayotiy mavzu va inson taqdiriga chuqur yondashuvini eʼtirof etdilar. Аyniqsa, yozuvchining “Koʼprik yoxud Gitlerni choʼchitgan oʼzbek” nomli hujjatli romanida tarixiy voqealarning jonli tasviri, Vatanparvarlik ruhi va milliy gʼurur hissi oʼziga xos uslubda ifodalangani alohida taʼkidlandi. Yubiley tadbirida Hamid Burhonga qimmatbaho sovgʼalar va gullar taqdim etildi. Otaxon yozuvchi esa koʼrsatilgan eʼtibor va hurmatdan mamnunligini izhor etib, oʼz ijod yoʼli, kechmish xotiralari va kelgusida amalga oshirmoqchi boʼlgan yangi loyihalari haqida soʼzlab berdi. Ijodkorga berilayotgan bunday yuksak baho — uning butun faoliyatiga, hayotga va soʼzga sadoqatiga berilayotgan bahodir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz