Sat. Apr 27th, 2024

Ertaga 28-mart kuni, soat 10:00 da Xalq deputatalari Qo‘qon shahar Kengashining 71-sessiyasi o‘tkaziladi.

Sessiyada sog‘liqni saqlash, xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamni ko‘rsatilishi holati yuzasidan Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Komiljon Sirojiddinovning hisoboti:

Qo‘qon shahrini ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Jo‘rayevning hisoboti:

Qo‘qon shahridagi goyegrafik obyektlarga nom berish va qayta nomlash to‘g‘risida Qo‘qon shahar hokimining maslahatchisi Dilfuzaxon Alimovaning hisobotlari deputatlar e’tiboriga havola etiladi.

Hamshaharlarimiz sessiya kun tartibiga shahrimiz ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi takliflarini Qo‘qon shahar hokimligining https://t.me/KokandHokimBot rasmiy botiga yo‘llashlari mumkin.