Sat. Apr 27th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Suv ta’minoti va oqava suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” UK direktori Tolibjon Boboyev, “O‘zbekkommunalloyihaqurilish” DUK direktori Xushnud Yakubov, “Suv ta’minoti va oqava suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” UK Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Rustam Holiqnazarovlar bilan Qo‘qon shahridagi Usmon Nosir, Farobiy, Movarounaxr, Alisher Navoiy ko‘chalaridan o‘tgan 500 millimetrlik magistral ichimlik suvi quvurini xalqalash masalalarini muhokama etdi.

Ushbu loyihadan ko‘zlanayotgan maqsad- shahrimizning barcha hududlariga zarur bosimda ichimlik suvini yetkazib berishdir. Natijada, ayniqsa yoz kunlari, ayrim hudularda, aholining ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolariga barham beriladi.

Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar 28-mart kuni boshlanadi.