Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov joriy yilda maktablarni tamomlab, yangi hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Shahar hokimi mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yoshlarning ta’lim olishi, munosib kasb egalari bo‘lishi uchun yaratilgan imkoniyatlar xususida ma’lumot berib, oliy ta’lim muassasalariga kirish va ishga joylashishda o‘z ko‘magini taklif etmoqda.
Ayni paytda, Qo‘qon shahar hokimligi huzurida “Bitiruvchi yoshlar bilan ishlash shtabi” tashkil etilib, yoshlarni oliy va o‘rta ta’lim muassasalariga tayyorlash, ishga joylashtirishda amaliy yordam berib kelmoqda.
Marufjon Usmonov, ayniqsa bitiruvchi qizlarga turmush qurishdan oldin munosib kasb egasi bo‘lish, ta’lim olish va hunar egallash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bermoqda.