Thu. Apr 25th, 2024

Mahallalardagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida, sektorlar kesimida o‘tkazilgan musobaqalarning shahar bosqichida g‘alaba qozonib, viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan sportchilarni Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va sektorlar rahbarlari muborakbod etdilar.

 

Mudofaa vaziri sovrini uchun o‘tkazilgan musobaqalarda g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan yoshlarga medallar va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

 

Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib etishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tib, shahrimiz sportchilari musobaqaning viloyat va respublika bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok et’ishlariga ishonch bildirdi.