“Maktabgacha ta’limda xalqaro tajribalar va zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi konferensiya shahrimizda maktabgacha ta’lim tizimida xalqaro tajribalarga asoslangan ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish, ushbu sohadagi ilm fan vakillari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov pedagogika fanlari doktori, akademik Xolboy Ibraimov va xorijiy ishtirokchilarni qutlab, “XO‘QANDI LATIF – GO‘ZAL XULQ VA MA’NAVIYAT ShAHRI” “QO‘QONNING GO‘ZAL TARBIYa AN’ANALARINI TIKLAYMIZ!” Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va Qo‘qon shahar hokimligining mavzusida ilmiy-ma’rifiy hamkorlik tashabbusi xususida ma’lumot berdi.
Konferensiyada mahalliy va xorijiy ma’ruzachililarning maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan izlanishlari, yoshlarning onggini yuksaltirish bo‘yicha ma’lumotlar o‘qib eshittirilib, mavzuga doir masalalar muhokama etildi.