Fri. Mar 29th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilarga davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalariga amal qilish, kasbiy madaniyatini yuksaltirish, Vatanga sadoqatli bo‘lib, xizmat vazifasiga fidoyilik bilan yondashish, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan vazifalar belgilab berdi.

Shahar hokimi korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish, adolatlilik, halollik va xolislik, korrupsiya holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.