Sat. Apr 20th, 2024

Shahrimizdagi Prezident Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tgan qabulda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

Murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan qabulda moddiy yordam, kommunal idoralardan bo‘lgan qarzdorlik, salomatlik va uy-joy muammolari kun tartibidagi asosiy masalalar bo‘ldi.

Shahar hokimi murojaatlarni joyida hal etish choralarini ko‘rib, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. Ayrim murojaatlarni Marufjon Usmonov joyida borib o‘rganadi.

So‘nggi qabullarda kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha Qo‘qon shahar hokimi bir qator mahallalar, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalaridagi murojaatlarni joyida borib o‘rgandi.