Sun. May 19th, 2024

Prezidentimizning “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ushbu mablag‘ hisobidan joriy yilda mahalladagi Chorchinor, Ok-yul, Gulshan, Laylakxona, Gullola, Uzlat ko‘chalarini ta’mirlash rejalashtirilgan.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mahalla faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minotini, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma ob’ektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida qabul qlingan ushbu qarorning mazmun mohiyati, mahallada va Qo‘qon shahrida tez fursatda amalga oshiriladigan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Yig‘ilishda Qo‘qon shahrida sodir etilgan jinoyatlar ham muhokama etilib Marufjon Usmonov mahalla aholisini doimo ogoh bo‘lishga chaqirdi.