Fri. Apr 19th, 2024

Davlatimiz rahbarining mamlakatimiz madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi tashabbuslari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston madaniy me’rosi dunyo to‘plamlarida” loyihasi  doirasida bugungi kungacha saqlanib qolgan artefaktlar va qadimgi qo‘lyozmalardan tadqiqotchilar va keng jamoatchilikni bahramand kilish maqsadida chop etib kelinayotgan to‘plamlardan Qo‘qon tarixi haqidagi to‘plam munosib o‘rin egalladi.

Taqdimot marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ushbu to‘plamni yaratishda va loyiha doirasida fidokorona mehnat qilib kelyotgan tashabbuskorlarga chuqur minnatdorchilik izhor etib, ushub kitob Qo‘qon tarixini yanada chuqur o‘rganish, uni kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim vosita bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Bugungi kunda loyiha doirasida o‘rganish, saqlash va ommalashtirish g‘oyalari ostida «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» kitob-al’bomlari turkumini nashr etish, shuningdek shu nomdagi hujjatli fil’mlarni yaratish. chet el to‘plamlarida saqlanadigan bebaho qadimiy qo‘lyozmalarning faksimile nusxalarining nashr etish ishlari olib borilmoqda.

Taqdimotda loyiha ishtirokchilari, tarixchi olimlar, adabiyotshunoslar ushbu to‘plam Qo‘qon tarixini o‘rganishda bir debocha bo‘lganini ta’kidlyab o‘tib, bu boradagi ishlar davom ettirilishini ta’kidlab o‘tdilar. To‘plamni yaratilishida Qo‘qon muzey-qo‘riqxonasi rahbari va ilmiy hodimlarining ham hissasi katta bo‘ldi.