Sat. Apr 20th, 2024

Hususan, 4 mart kuni Qo‘qondagi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari, xodimlari va professor-o‘qituvchilari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Jo‘raxon Po‘latov, Xursanoy Umarovalar Qo‘qon shahridagi 10 va 33 – umumta’lim o‘rta maktablariga tashrif buyurishdi.

 

Bitiruvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar, mamlakatimizda madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

 

Uchrashuvda ustoz san’atkorlar tomonidan mahorat darslari ham tashkil etildi.

 

O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati.