Tue. Apr 23rd, 2024

“Sen bahorni sog‘inmadingmu” shiori ostida 5-Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

 

Shahar hokimi davlatimiz rahbari e’tibori bilan madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, soha egalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, yoshlarning bu boradagi iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish, madaniy tadbirlarga keng aholi qatlamlarini jalb etish borasida qabul qilingan qator qonuniy xujjatlar hususida to‘xtalib o‘tdi.

 

Qadimdan yirik madaniyat va san’at markazlaridan biri bo‘lgan Qo‘qon shahrida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, mahallalarda tashkil etilayotgan yopiq va ochiq havodagi madaniyat maskanlari, maktablarda yoshlardan tashkil etilayotgan ansambllar haqida so‘zlab berdi.

 

O‘qituvchilar va tarbiyalanuvchilar ishtirokida o‘tkazilgan konsert dasturida, milliy, klassik, estrada yo‘nalishidagi kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.