Hususan, Chorsu mahallasidagi obodonchilik ishlarida, o‘z tashabbusi bilan, ishtirok etgan muddatli harbiy xizmatchilar yordamida 500 metrdan ziyod tabiiy irrigasiya tizimlari tozalandi, 20 ta gulzorlar chopilib, tartibga keltirildi. Mahalla hududidagi daraxtlar oqlanib, ehtiyojmand oilalar xonadonlarining devorlari ta’mirlab berildi.