Mon. May 20th, 2024

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mutasaddilari, viloyat va shahar sektorlari rahbarlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalla tizimi mutasaddilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida shu kungacha Toshkent viloyati, Toshkent tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan adliya maslahatchisi Nazarov Alisher Erkinovich Qo‘qon shahar prokurori etib tayinlandi.

Yig‘ilishda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi farovonligini yuksaltirish kabi sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, bugun davlat idoralari oldida dolzarb bo‘lib turgan masalalar ham muhokama etilib, mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.