Tue. Jun 25th, 2024

Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Hurshidjon Ahmedov, Respublika ishchi guruhi a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Farg‘ona viloyat bosh boshqarmasi rahabari o‘rinbosari Zoxidjon Dehqonov va murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan qabulda Qo‘qon shahri va atrof tumanlardagi tadbirkorlik subyektlaring murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi dolzarb masalalar kredit mablag‘lari, tadbirkorlarning tunu kun 24 soat faoliyat yuritishiga ruhsatnoma olish, yer maydonlari va binolarni ijaraga olish va harid qilish, shartnoma mablag‘larini undirish va olingan kreditlar muddatini uzaytirish. Tadbirkorlar murojaatlari bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.