Tue. Jun 25th, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar, aholi bandligini ta’minlash uchun mas’ul idora tashkilotlar, mahalla tizimi mutasaddilari bilan muloqot qilib, mamlakatimizda fuqarolar bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarini mahallabay hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsadida subsidiya asosida ajratilayotgan ishlab chiqarish dastgohlari hususida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq Qabulxonasi hisobidan Qo‘qon shahridagi ishsiz fuqarolarga tikuv mashinalari, pishiriq pechlari, kosibchilik faoliyati uchun asbob-uskunalar topshirilib, salomatligini tiklashda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Mamlakatimizda subsidiya asosida ishlab chiqarish dastgohlariga ega bo‘lgan fuqarolarni keyingi faoliyatini ham qo‘llab-quvvatlash maqsadida muvaffaqiyatli tadbirkorlarga biriktirish tajribasi keng qo‘llanilmoqda. Xususan, “Viqor qalbi” oilaviy korxonasida ham ana shunday fuqarolar mehnat qilmoqda.

Aholi farovonligini yuksaltirish va kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan xalqparvar siyosat natijasida mamlakatimizda fuqarolarning turmush darajasi tobora yuksalib, turli yo‘nalishlarda tadbirkorlik bilan band bo‘lgan hamyurtlarimiz soni ortmoqda.