Sun. May 19th, 2024

Har kuni erta sahardan yuzlab mehnatkashlar shahrimiz ko‘chalarini supurib-sidirib, ko‘rkam holatga keltiradilar.

Qo‘qon shahar hokimi Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan festival oldidan o‘tkazilgan uchrashuvlari chog‘ida eng faol xizmat qilganlar doimiy rag‘batlantirilib borilishini va’da qilgan edi.

Bugun, keng jamoatchilik ishtirokida, Marufjon Usmonov Obodonlashtirish boshqarmasi ishchilariga fidokorona mehnatlari uchun barcha hamshaharlarimiz nomidan minnatdorchilik izhor etib, rag‘batlantiruvchi sovg‘alarni tuhfa etdi.

Xususan, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida va mahallalarda jonbozlik bilan mehnat qilayotgan fidoiylarga velosipedlar tantanali ravishda topshirildi.

“Endi ertalab avtobus kutib o‘tirmaymiz, kech qolib ketsak hijolat bo‘lmaymiz, Qo‘qon shahar hokimiga e’tibor uchun rahmat”, deydi, kayfiyati chog‘, ishchilardan biri.