Sun. May 19th, 2024

Qo‘qon shahridagi barcha ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, faxriy ustozlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan marosimda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Prezident Shavkat Mirziyovning ustozlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Mamlakatimizda va shahrimizda so‘nggi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilgan ulkan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Qo‘qon shahrida ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh pedagoglar Qo‘qon shahar hokimining Tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Marufjon Usmonov va sektorlar rahbarlari ustozlarni muborakbod etib, samimiy tilaklarini bildirdilar.

Bayram tadbirida konsert dasturi namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bahshida etildi.