Tue. May 14th, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya ko‘mondonligi, Ichki ishlar vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozarov va Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonovlarning shaxsiy tashabbuslari va hayrihoxligi bilan barpo etilgan yangi xususiy sport majmuasi Qo‘qon va atrof hududlarda noyob sport turlarini rivojlantirish bazasi bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Tantanali ochilish marosimida tadbirkor va metsenat, sport markazi rahbari Omonjon Komilov bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov eshkak eshish sport turini Qo‘qon soylarida ommalashtirish, ushbu sport turi bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish masalalarini muhokama etdi.

Yangi sport majmuasi nafaqat Mingtut mahallasi, baoki yaqin atrofdagi boshqa hududlarda istiqomat qiladigan aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish uchun sharoit yaratishga imkon berdi.