Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev bilan shahrimizda Yangi yil bayrami kunlari jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama etdi.

Hususan, Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i Anvarjon Parpiyev jamoat tartibini ta’minlash uchun qulay yangi militsiya to‘siqlari namunasini namoyish etdi.

Bekmurod Abdullayev Qo‘qon shahrida yo‘l-patrul xizmati ulovlarini yig‘ma to‘siqlar bilan ta’minlash, bayram tadbirlarida jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.