Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sat. Oct 5th, 2024

Bir necha kun davomida Qo‘qon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Ichki ishlar boshqarmasi mutasaddilari ushbu ayolga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida izlanishlar olib bordilar.

Joriy yilning 21-dekabr kuni Namangan viloyati, Chust tumani, Madaniyat kishlog‘ida yashovchi fuqaro Qo‘qon shahar Ayolarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazining ijtimoiy moslashuv maslahat bo‘limiga joylashtirildi.

Markazda ayolga issiq ovqat berilib, birlamchi psixologik yordam ko‘rsatildi. Endilikda mutasaddilar ayolni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, kasb-hunarga o‘qitish va ishga joylashtirish choralarini ko‘radilar.

Ushbu davr davomida ayol reabilitatsiya markazi yotoqxonasida yashaydi. Qo‘qon shahar hokimligi nochor holatga tushib qolgan ayol taqdiriga befarq bo‘lmagan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va mutasaddi idoralar mas’ullariga minnatdorchilik izhor etadi.

Click to listen highlighted text!