Sun. May 19th, 2024

Qo‘qon shahar hokimining yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida ubekistanofficial.uz elektron nashri tomonidan o‘tkazilgan “Eng faol hokim” so‘rovnomasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Marufjon Usmonovning yuksak natijasi yoshlar tomonidan e’tirof etildi.

“O‘zbekistonda 2023- yil qaysi tuman  va shahar rahbari faol harakat qilib, muammolarni tezda hal qilib, faol ishlagan, aholining talab va istaklarini  amalga oshirishda yetakchi bo‘lgan?” degan savol bo‘yicha ikki bosqichda o‘tkazilgan so‘rovnomada 45340 nafar fuqarolar Qo‘qon hokimiga ovoz berdi.

Marufjon Usmonov yoshlarga e’tibor uchun minnatdorchilik izhor etib, mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, yoshlarning salohiyatlarini namoyon etish uchun yaratilayotgan sharoitlar hususida ma’lumot berdi.

Samimiy muloqot ko‘rinishida o‘tkazilgan uchrashuvda Marufjon Usmonov yoshlarninng takliflari bilan tanishib, ko‘plab savollariga javob berdi.

Eng qiziqarli va mazmunli savol yo‘llagan ishtirokchilarga Qo‘qon shahar hokimining esdalik sovg‘alari tuhfa etildi.

Tadbir so‘nggida o‘z faoliyatida fidoiylik ko‘rsatib kelayotgan yoshlar yetakchilari va turli musobaqa va bellashuvlarda yuqori natijalarga erishgan yoshlar Qo‘qon shahar hokimining Faxriy yorliqlari va rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlandilar.