Sun. Apr 28th, 2024

Prezidentimizning “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan markazning tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Shahar hokimi mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar hususida to‘xtalib o‘tib, yangi maskan yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Ma’naviyat maskanida yoshlar uchun badiiy va san’at to‘garaklari qatori, robototexnika, informasion texnologiyalari, kompyuter va orgtexnika ta’mirlash to‘garaklari faoliyat olib boradi.

Marufjon Usmonov maskanda faoliyat boshlagan to‘garaklar bilan tanishib, yoshlar bilan muloqot qildi. Maktablarda yoshlarni informasion texnologiyalari bilan bog‘liq to‘garaklar va darslarga jalb etish yuzasidan targ‘ibot ishlarini tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.