Sat. Apr 27th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Qo‘qon shahar Mudofaa bo‘limi, Qo‘qon shahridagi harbiy qismlar xizmatchilari Ikkinchi jahon urushi veteranlari Usmonjon Rahimov va Karimjon Rahimovlarning xonadonlariga tashrif buyurdilar.

 

Shahar hokimi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yo‘llagan shaxsiy tabriknomasini o‘qib eshittirdi. Millionlab insonlarni yostig‘ini quritgan urush qaxramonlariga pul mukofotlari, jasorat monumenti skul’pturalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Berlingacha yetib borgan 101 yoshli Usmonjon Rahimov, Vatan uchun ko‘ksini qalqon qilgan Karimjon Rahimovlar Muhtaram Yurtboshimizga e’tibor va tabrik uchun o‘zlarining chuqur minnatdorchiliklarini bildirdilar