Wed. Jun 26th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 40-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga berilayotgan bilim saviyasi, ular uchun yaratilgan sharoitlar, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmo‘nli tashkil etish kasb va hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 

Shahar hokimi o‘quvchilar bilan suhbatda bo‘lib, ularning maktabda o‘tilayotgan darslarga qiziqishi, muammo va kamchiliklar xusida fikri bilan qiziqdi.

 

Mutasaddilarga ta’lim jarayonini yuqori saviyada tashkil etish, darslarni o‘quvchilar davomatini ta’minlaydigan darajada qiziqarli qilib o‘tish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.