Sat. Apr 27th, 2024

Vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan tarkib topgan Hukumat komissiyasining Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan uchrashuvida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Respublika Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiev, biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov ishtirok etdilar. Uchrashuvda viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan kelgan 60 nafardan ziyod tadbirkorlar qatnashdilar.

Muloqotda ishtirok etgan tadbirkorlarning Respublika vazirlik va idoralarida o‘z yechimini kutayotgan masalalari, xususan, bank kreditlari olish, subsidiyalar ajratish, mavjud kreditlar muddatini uzaytirish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib olishga ko‘maklashish, elektr energiyasi tarmog‘i tortish va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlari Hukumat komissiyasi vakillari tomonidan tinglandi, har birining qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha vazirlik va idoralarga vazifalar belgilab berildi.