Sat. Jun 22nd, 2024

Ushbu mavzuda bugun Qo‘qon shahar hokimligi faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabaev ishtirokida Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqot chog‘ida davlatimiz rahbarining “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash borasida shahrimizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada majud muammolar muhokama etilib, mutasaddilarning farmon ijrosi bo‘yicha takliflari va fikr mulohazalari tinglandi.

Xususan, Prezident farmoniga asosan berilayotgan imtiyozlardan bilan kichik va o‘rta biznes vakillarini ham qamrab olish imkoniyatlari o‘rganilib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.