Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 5-Bolalar musiqa va san’at maktabining faxriy o‘qituvchisi, moxir pedagog va fortepianochi Baxtiyorjon Jo‘raevni 66 yoshlik yubileyi bilan muborakbod etdi.
Qo‘qon muhitida yetishib chiqqan iqtidor sohibini yosh avlodni tarbiyalashdagi ulkan hissasini e’tirof etib, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Marufjon Usmonov Baxtiyorjon Jo‘raevga dam olish maskaniga yo‘llanma hadya etib, to‘n kiygizdi.