Sun. May 19th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Qo‘qon shahar ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli hudud, binolar, ko‘pqavatli uylarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

 

Ayni paytda, ko‘pqavatli uylarning tomlari, kirish qismlari ta’mirlanmoqda. Jamiyat binosi tashqi fasadi va xonalarda ham ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu kungacha, ko‘pqavatli uylar atrofidagi ichki yo‘llarning asfal’t qoplamasi, yertula va oqava tizimlari yangilandi. Tez kunda bolalar maydonchasini ta’mirlash ishlari boshlanadi.

 

Shahar hokimi mutasaddilarga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli qilib, o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Aholi bilan suhbatda bo‘lib, taklif va iltimoslarni tingladi.