Sat. Apr 27th, 2024

Feysbukdagi “Qo‘qonjonim” guruhida o‘qituvchilarga imtiyozli ravishda subsidiyalar ajratish yuzasidan yo‘llangan murojaat bo‘yicha Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmatining rasmiy javobi.

Murojaatda ko‘rsatilgan “subsidiya.idm.uz” sayti ayni paytda ishlab to‘ribdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-aprel kungi “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-51-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-mart kungi “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 182-sonli Qarori qabul qilingan bo‘lib, Farmonga asosan 2023-yilda Farg‘ona viloyatiga 2000 ta uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi ijobiy xabarnomalarga limit ajratilgan.

Hozirda Qo‘qon shahar hokimligidagi komissiya a’zolari tomonidan uy-joy subsidiyasi olish uchun talabgor sifatida platformaga kelib tushgan arizalar yuqoridagi Farmon, Nizom va Qaror talablari asosida inson omilisiz elektron tarzda ko‘rib chiqilmoqda.

Farg‘ona viloyatiga uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi ijobiy xabarnomalarga yangi limit ajratilishi bilan DXM tomonidan fuqarolardan arizalar qabul qilina boshlaydi.