Sat. Apr 27th, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

(https://lex.uz/pdfs/6631602)Qaror bilan belgilangan sohani bosqichma-bosqich isloh qilishning ustuvor vazifalari qatorida O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari doirasida uchta temiryo‘l vokzalini, shu jumladan, Qo‘qon shahridagi temir yo‘l vokzalini rivojlantirish rejalashtirilgan.

Transport vazirligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu temir yo‘l vokzallarini DXSh asosida rivojlantirish yuzasidan qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatilgan.