Thu. Apr 25th, 2024

GIZ (Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit) O‘zbekistonda 1992 yildan beri iqtisodiy tarqqiyot, sog‘liqni saqlash va samarali boshqaruv sohalarida faoliyat olib boradi (https://www.giz.de/en/worldwide/364.html).

 

Karl Xayns boshchiligidagi delegasiya a’zolari bilan olib borilgan muzokaralarda Qo‘qon shahrida turizm va turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik sub’ektlari vakillarining malakasini oshirish kabi ko‘plab masalalar muhokama etildi.

 

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, ayniqsa, turizm, va turizm menedjmenti sohalaridagi hamkorlik borasida katta qiziqish bildirib, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini ta’kidlab o‘tdi.

 

Marufjon Usmonov Qo‘qon shahrining iqtisodiy va investision salohiyati, malakali kadrlar ta’minoti masalalariga ham to‘xtalib o‘tib, o‘zaro hamkorlik samarali bo‘lishiga ishonch bildirdi.