Fri. Apr 26th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Mexrijon” xususiy maktabining tantanali ochilish marosimi va “birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

 

Shahar hokimi va mutasaddi rahbarlar shahar bosh imom-hatibi bilan Qur’on tilovat qildilar, yangi maktabga rivoj va muvaffaqiyatlar tilab, duo qilindi.

 

Bugun 20 nafar birinchi sinf o‘quvchilar ta’lim olishni boshlagan dargoxda rus tilida dars beriladi. Ingliz va arab tillari chuqurlashtirilgan tartibda o‘qitiladi.

 

Birinchi qo‘ng‘iroq tadbirida shahar hokimi davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli nadavlat ta’lim dargohlari soni ham tobora ko‘payib, rivojlanib borayotganini ta’kidlab o‘tdi. Yangi hayotga ilk qadam qo‘yayotgan birinchi sinf o‘quvchilarining o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Shahar hokimi sinfxonalar, ta’lim dargoxida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, barcha o‘quvchilarga Prezident sovg‘alarini topshirdi.