Fri. Apr 26th, 2024

Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari va Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda Qo‘qon shahrida ingliz tilini eng yuqori saviyada o‘qitishni tashkil etish, ACCESS microscholarship program dasturi doirasida ehtiyojmand oilalar farzandlarini bepul ingliz tiliga o‘qitish masalalari muhokama etildi.

 

Qo‘qon davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan uchrashuvda shahar hokimi mehmonlarga davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda chet tillarini, xususan ingliz tilini o‘qitishga qaratilayotgan yuksak e’tibor, Qo‘qon shahrining boy madaniyati va tarixi, iqtisodiy salohiyati xususida ma’lumot berdi.

 

Uchrashuvda institut rektori Dilnozaxon Xodjaeva ham ishtirok etib, ta’lim muassasida ingliz tilini o‘qitish borasida o‘zaro hamkorlik masalalariga to‘xtalib o‘tdi.